


Juda muhim yangilik ayni daqiqalarda “Cyber University” rektori va Janubiy Koreyaning nufuzli “Mondrian AI Co., Ltd.” kompaniyasi direktori Hun Jon (Hoon Jung) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bir so‘z bilan aytganda – O‘zbekistonning eng yosh davlat universiteti endi sun’iy intellekt bo‘yicha jahon darajasidagi kompaniya bilan bir stol atrofida.

Ayni daqiqalarda “Cyber University” delegatsiyasi Koreya Respublikasiga tashrif doirasida Seul shahridagi “IGLOO Corporation” kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Seul shahrida o‘tkazilgan “2025 Global AI Talent & Education Forum (GATE)” va Koreya–O‘zbekiston universitetlari rektorlarining 2-Forumida “Cyber University” delegatsiyasi faol qatnashdi.
.jpg)
Universitetimiz talaba va xodimlari bilan birgalikda Toshkent viloyati, Olmaliq shahridagi 80-sonli maktab-internatiga tashrif buyurdik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” F–60-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi hamkorligida huquqshunoslik ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Huquqiy zakovat” intellektual tanlovi tashkil etildi.

Bugun “Cyber University” delegatsiyasi Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tadigan “2-chi Koreya-O‘zbekiston universitetlari rektorlari Forumi” va “2025 Global AI Talent & Education Forum” tadbirlarida ishtirok etish maqsadida xizmat safarida qatnashmoqda. Delegatsiya tarkibida universitet rahbariyati va AKT yo‘nalishi bo‘yicha mas’ullar ishtirok etmoqda.
Bugun Cyber University davlat universitetida talaba-yoshlar bilan navbatdagi ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda Huquq va biznes fakulteti vakillari, jumladan Dilshod Choriyevich ishtirok etib, talabalar bilan bevosita muloqot olib bordi.

Hurmatli ota-onalar, qadrli ustozlar va aziz yoshlar! Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega bo‘lgan yoshlarimiz ishonch bilan hayotga qadam qo‘yayotganini ko‘rib, barchamiz faxrlanishimiz tabiiydir.

Ayni daqiqalarda Cyber university davlat universitetida katta tadbir boshlandi — investorlar, startapchilar va ekspertlar bir joyga to‘plangan. G‘oyalar baham ko‘rilmoqda!




